MSK · 5-modda

5-modda. Sudga murojaat qilish shakli

Sudga murojaat qilish:

fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi maʼmuriy ishlar boʻyicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza (shikoyat) va iltimosnoma shaklida;

apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyalari sudlariga murojaat etilganda, shuningdek ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi.

Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.