MSK · 280-modda

280-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati

Ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch yil ichida yoki darhol ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati qabul qilinganidan keyingi kundan eʼtiboran ijroga taqdim etilishi mumkin.

Agar sud hujjatining ijrosi toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa, uning ijrosi toʻxtatib qoʻyilgan vaqt ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddatga qoʻshib hisoblanmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.