MSK · 282-modda

282-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash

Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini oʻtkazib yuborgan undiruvchi ijro varaqasini bergan sudga yoki u ijro etiladigan joydagi sudga oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli.

Muddatni oʻtkazib yuborish sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.

Undiruvchining ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi arizasi u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda sud majlisida koʻrib chiqiladi.

Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.

Arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi undiruvchi va qarzdorga yuboriladi.

Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.