MSK · 284-modda

284-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi

Agar ijro etilgan sud hujjati oʻzgartirilib yoki bekor qilinib, bildirilgan talabni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki ariza (shikoyat) koʻrmasdan qoldirilsa, bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha arizachining foydasiga undirilgan hamma narsa javobgarga qaytariladi.

Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki oʻzgartirilib, bildirilgan talabni toʻliq yoxud qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki ariza (shikoyat) koʻrmasdan qoldirilsa, sud bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha undirishni toʻliq yoki qisman bekor qilish haqida sud hujjatini qabul qiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.