MSK · 287-modda

287-modda. Ijro ishini yuritishni tiklash

Ijro ishini yuritishni toʻxtatgan sud ijro ishini yuritishni uni toʻxtatishga asos boʻlgan sabablar yoki holatlar bartaraf etilgandan keyin undiruvchining, davlat ijrochisining arizasi boʻyicha tiklaydi.

Ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz koʻrib chiqiladi.

Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi.

Ijro ishi yuritishni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.