OK · 196-modda

196-modda. Bolalarni tutingan (foster) oilaga olish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish

Oila kodeksi 22-bob. Bolalarni tutingan (foster) oilaga olish Rasmiy manba (lex.uz)

Bolalarni tutingan (foster) oilaga olish toʻgʻrisidagi shartnoma uzrli sabablar (kasalligi, oilaviy yoki mulkiy mavqeyining oʻzgarishi, tarbiyasidagi bolalar bilan oʻzaro bir-birini tushunmaslik va boshqa sabablar) mavjud boʻlsa, bolalarning tutingan ota-onasi tashabbusi bilan, shuningdek vasiylik va homiylik organlarining tashabbusi bilan yoki bola ota-onasiga qaytarilgan yoxud bola farzandlikka olingan taqdirda muddatidan ilgari bekor qilinishi mumkin.

Bolalarni tutingan (foster) oilaga olish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilishga oid nizolar sud tartibida hal qilinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.