OK · 198-modda

198-modda. Tutingan ota-ona

Oila kodeksi 22-bob. Bolalarni tutingan (foster) oilaga olish Rasmiy manba (lex.uz)

Voyaga yetgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona boʻlishi mumkin, bundan ushbu Kodeks 152-moddasi birinchi qismining ikkinchi — oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslar mustasno.

Yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga tutingan ota-ona boʻlish istagini bildirgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus oʻquv kursini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlishi kerak.

Tutingan ota-onalarni tanlash vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tutingan ota-ona tarbiyaga olingan bolaga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq huquq va majburiyatlarga ega boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.