SK · 175-modda

175-modda. Oʻzaro kelishuv tartib-taomili

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu Kodeksning 174-moddasi oʻn beshinchi qismiga muvofiq soliq organi tomonidan taqdim etilgan eʼtirozlar va materiallar olinganidan keyin oʻzaro kelishuv tartib-taomilini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqadi.

Oʻzaro kelishuv tartib-taomili asoslantirilgan fikrni tuzgan soliq organi va eʼtirozlarni taqdim etgan yuridik shaxs (uning vakili) ishtirokida, soliq organi tomonidan taqdim etilgan eʼtirozlar va boshqa materiallar olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rahbari (rahbarining oʻrinbosari) tomonidan oʻtkaziladi.

Oʻzaro kelishuv tartib-taomili natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi asoslantirilgan fikr oʻzgartirilganligi yoki oʻzgarishsiz qoldirilganligi toʻgʻrisida yuridik shaxsni xabardor qiladi.

Asoslantirilgan fikrni oʻzgartirish yoki oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisidagi bildirishnomani Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rahbari (rahbarining oʻrinbosari) imzolaydi.

Bildirishnoma u tuzilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida yuridik shaxsga beriladi yoki yuboriladi.

Asoslantirilgan fikrni oʻzgartirish yoki uni oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida yuridik shaxs asoslantirilgan fikrni tuzgan soliq organini asoslantirilgan fikrga rozi ekanligi (rozi emasligi) haqida mazkur asoslantirilgan fikr bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ular mavjud boʻlgan taqdirda) ilova qilgan holda xabardor qiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.