Soliq stavkasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 1,5 foiz miqdorida belgilanadi.
Qurilishi normativ muddatda tugallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 3 foiz miqdorida belgilanadi.
Soliq stavkasi quyidagilarga nisbatan 0,7 foiz miqdorida belgilanadi:
1) umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi boʻlgan inshootlar;
2) konservatsiya qilinishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan koʻchmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlari.