Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan roʻyxatga olinmagan yangi qurilgan uy-joylarga nisbatan soliq stavkasi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan taqdim etilgan axborot asosida mulkning shartli qiymatiga nisbatan ikki baravar miqdorida qoʻllaniladi.
Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari oʻrnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha boʻlgan oraliqdagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli.
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq ushbu modda birinchi qismining 1 — 3-bandlarida belgilangan soliq stavkalari boʻyicha toʻlanadi.
Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 3 foiz miqdorida belgilanadi.
Kalendar yil soliq davridir.