UJK · 100-modda

100-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosining huquq va majburiyatlari

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi kooperativ ustavida hamda qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlarga va majburiyatlarga egadir.

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining turar joy mulkdori boʻlmagan aʼzosi oʻzi bilan birga yashovchi, pay jamgʻarmasiga boʻlgan huquqi tan olingan oila aʼzolarining, shu jumladan vaqtincha boʻlmaganlarining yozma roziligi bilan egallab turgan turar joyini uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining turar joy mulkdori boʻlgan boshqa aʼzosi bilan almashtirishga haqlidir, bunda turar joyni almashtirayotgan shaxs kooperativ aʼzoligiga qabul qilingan boʻlishi va u kredit hamda foizlarning tegishli qismini toʻlash xususidagi kooperativ ustavining talablarini bajarishi kerak.

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi qonunchilikka muvofiq turar joyni ijaraga yoki arendaga berishga haqlidir.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.