UJK · 101-modda

101-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosining payga boʻlgan huquqi

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi turar joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga asos boʻladigan pay badaliga boʻlgan huquqqa hamda pay badali hisobiga oʻzi toʻlagan summaga boʻlgan mulk huquqiga egadir.

Payga boʻlgan huquq bir necha shaxsga tegishli boʻlishi mumkin, ularning tarkibi shu shaxslarning roziligi bilan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi tomonidan belgilanadi.

Turar joyda yashaydigan, lekin sherik paychi boʻlmagan shaxslar tegishli turar joydan faqat foydalanish huquqiga egadirlar.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.