UJK · 104-modda

104-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzoligidan chiqarish

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi umumiy yigʻilish qarori boʻyicha quyidagi hollarda kooperativdan chiqarilishi mumkin:

haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan hujjatlar taqdim etilishi, agar bu hujjatlar kooperativga kirish uchun asos boʻlgan boʻlsa;

turar joyni yoki umumiy foydalanishdagi obyektlarni muntazam buzgan yoki shikastlantirgan yoxud ulardan oʻz maqsadi boʻyicha foydalanmayotgan boʻlsa.

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi ustavida va qonunchilikda tegishli kooperativ aʼzoligidan chiqarishning boshqa hollari ham nazarda tutilishi mumkin.

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperatividan chiqarilgan aʼzo turar joydan koʻchirilishi kerak va uy-joy qurilishi har bir kvadrat metrining qiymati qimmatlashganligi hisobga olingan holda tegishli pay badali unga qaytarib beriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.