UJK · 114-modda

114-modda. Turar joylarni almashtirishni haqiqiy emas deb topish

Turar joylarni almashtirish sud tomonidan quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topilishi mumkin:

agar u ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda amalga oshirilgan boʻlsa;

bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga koʻra.

Turar joylarni almashtirishni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab almashtirish amalga oshirilgan kundan boshlab olti oy mobaynida qoʻyilishi mumkin.

Turar joylarni almashtirish haqiqiy emas deb topilgan taqdirda taraflar ilgari egallab kelgan turar joylariga koʻchib oʻtishlari kerak.

Turar joylarni almashtirish taraflardan birining gʻayriqonuniy xatti-harakati oqibatida haqiqiy emas deb topilgan hollarda aybdor taraf almashtirish tufayli yetkazilgan zararni boshqa tarafga qoplashi shart.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.