UJK · 117-modda

117-modda. Saqlash guvohnomasi (bron) berish toʻgʻrisida ariza

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joyga boʻlgan huquqlari saqlanib qoladigan, saqlash guvohnomasini (bronni) olish istagidagi vaqtincha boʻlmagan fuqarolar tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) hokimligiga ariza beradilar. Ariza turar joyga boʻlgan huquqi oʻzi boʻlmaganida ham saqlanib qoladigan fuqaro tomonidan imzolanadi.

Saqlash guvohnomasi (bron) berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

turar joy hujjatining (orderining) nusxasi;

foydalanish xarajatlari va kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar boʻyicha qarzi yoʻqligi toʻgʻrisida uy-joylardan foydalanish tashkilotidan maʼlumotnoma;

saqlash guvohnomasi (bron) berish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat.

Ariza barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab berilgan deb hisoblanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.