Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida:
uy-joy fondidan foydalanish va uning asralishini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini yuritadi, uy-joy sohasini rivojlantirishning davlat kompleks dasturlarini qabul qiladi;
uy-joy xoʻjaligi va kommunal xizmat koʻrsatish boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatiga rahbarlik qiladi;
turar joylarni taqsimlash hamda arenda, ijara shartnomalari boʻyicha fuqarolarga berish, shuningdek ularni almashtirish hamda sotish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
uy-joy va kommunal xizmatlar uchun haq toʻlash tizimini tartibga soladi;
kompensatsiya, kredit hamda ssudalar berish tartibi va shartlarini tartibga soladi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.