UJK · 6-modda

6-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi ishtiroki

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida:

fuqarolarga uy-joy fondidan foydalanishda hamda uning saqlanishini taʼminlashda koʻmaklashadi;

kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

kam taʼminlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarning uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.