UJK · 47-modda

47-modda. Hujjatni (orderni) haqiqiy emas deb topish oqibatlari

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining turar joyiga berilgan hujjat (order) haqiqiy emas deb topilgan holda gʻayriqonuniy harakatlari oqibatida hujjatni (orderni) olgan shaxslar ularga boshqa turar joy bermasdan koʻchiriladi. Agar hujjatda (orderda) koʻrsatilgan fuqarolar ilgari davlat uy-joy fondining uyidagi turar joydan foydalanib kelgan boʻlsalar, ularga ilgari egallab turgan turar joyi qaytarilishi yoki boshqa turar joy berilishi kerak.

Agar hujjat (order) boshqa asoslarga koʻra haqiqiy emas deb topilsa, hujjatda (orderda) koʻrsatilgan fuqarolar ularga boshqa turar joy yoki ilgari oʻzlari egallab turgan turar joy berilgan holda koʻchiriladilar.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.