UJK · 49-modda

49-modda. Ijaraga beruvchining ijara shartnomasi boʻyicha majburiyatlari

Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi boʻsh turar joyni doimiy yashash uchun yaroqli holatda berishi shart.

Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan turar joy joylashgan uy lozim darajada saqlanishini amalga oshirishi, ijaraga oluvchiga haq evaziga zarur kommunal xizmatlar koʻrsatishi yoki xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlashi, koʻp kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi mol-mulki taʼmirlanishini taʼminlashi shart.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.