Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ikkilamchi ijaraga berishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi:
agar ikkilamchi ijaraga oluvchining koʻchib kirishi oqibatida har bir yashovchiga toʻgʻri keladigan umumiy maydon belgilangan normadan kamayib ketsa;
agar unda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatdagi ayrim surunkali kasalliklarning ogʻir turlari bilan kasallangan shaxslar yashayotgan boʻlsa;
ijaraga beruvchining roziligi boʻlmasa;
ijaraga oluvchining. uning voyaga yetgan oila aʼzolarining, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning roziligi boʻlmasa;
turar joyni ikkilamchi ijaraga berish qoidalarida belgilangan boshqa hollarda.