UJK · 60-modda

60-modda. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini bekor qilish

Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati tugagandan soʻng ikkilamchi ijaraga oluvchi shartnomani qayta tiklashni talab qilishga haqli emas va u egallab turgan turar joyni ijaraga oluvchining talabidan keyin ham boʻshatib bermasa, unga boshqa turar joy berilmagan holda sud tartibida koʻchiriladi. Ijaraga berish shartnomasi bekor qilingan hollarda ham ikkilamchi ijaraga oluvchi unga boshqa turar joy berilmagan holda xuddi shu tartibda koʻchiriladi.

Agar ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi muddati koʻrsatilmay tuzilgan boʻlsa, ijaraga oluvchi ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi bekor qilinishi haqida ikkilamchi ijaraga oluvchini uch oy oldin ogohlantirishi shart.

Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi, shuningdek ushbu Kodeksning 69-moddasi hamda 119-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra ham bekor qilinishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.