UJK · 67-modda

67-modda. Ijaraga oluvchi oila aʼzosining talabi boʻyicha turar joyni ijaraga berish shartnomasining oʻzgartirilishi

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylaridagi ijaraga oluvchining oila aʼzosi, agar oilaning boshqa aʼzolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar rozi boʻlsa hamda uning ulushiga toʻgʻri keladigan turar joy maydoniga muvofiq yoxud turar joydan foydalanish tartibi toʻgʻrisida tuzilgan kelishuvni hisobga olgan holda unga ushbu Kodeksning 9-moddasi talablariga javob beradigan turar joy ajratilishi mumkin boʻlsa, oʻzi bilan alohida ijara shartnomasi tuzilishini talab qilishga haqlidir.

Alohida ijara shartnomasi tuzish talab qilinishi munosabati bilan yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.