UJK · 70-modda

70-modda. Turar joydan koʻchirish

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi egallab turilgan turar joydan koʻchirishga ushbu Kodeksda belgilangan asoslar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.

Koʻchirish sud tartibida amalga oshiriladi.

Turar joylarni oʻzboshimchalik bilan egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslar prokuror sanksiyasi asosida maʼmuriy tartibda koʻchiriladilar.

Maʼmuriy tartibda koʻchirish toʻgʻrisidagi prokuror qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.