UJK · 93-modda

93-modda. Turar joy arendasi shartnomasining oʻzgarishi yoki bekor qilinishi asoslari

Turar joy arendasi shartnomasi, agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, taraflar kelishuvi boʻyicha oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Shartnoma shartlari bir tarafning aybi bilan buzilganda, shuningdek shartnomada yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda turar joy arendasi shartnomasi ikkinchi tarafning talabiga binoan sud qaroriga koʻra oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Agar turar joyning arenda haqi shartnomada belgilangan muddat oʻtganidan soʻng ketma-ket ikki martadan ortiq toʻlanmayotgan boʻlsa, arenda shartnomasi sud tartibida bekor qilinishi mumkin va arendaga oluvchi arendaga berilgan turar joydan boshqa turar joy berilmasdan koʻchirilishi kerak.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.