UJK · 96-modda

96-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari

Uy-joy qurish kooperativi fuqarolar oʻz mablagʻlari bilan birgalikda qurilishda ishtirok etishi yoʻli bilan kelgusida uydan (uylardan) foydalanish va ularning saqlanishini taʼminlash uchun tashkil etiladi.

Uy-joy kooperativi yangi, rekonstruksiya qilingan imoratlarni sotib olish va kelgusida uydan (uylardan) foydalanish uchun tashkil etiladi.

Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari fuqarolarning ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil etiladigan matlubot kooperativlari hisoblanadi. Agar kooperativning barcha aʼzolari turar joylarning mulkdorlari boʻlsalar, ular uy-joy mulkdorlari shirkatiga birlashish huquqiga ega boʻladilar.

Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari belgilangan tartibga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.