PQ-771-son Qaror · 10.01.2008

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-771
  • Qabul qilingan sana:10.01.2008
  • Kuchga kirgan sana:10.01.2008
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 1

1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tuzilmasiga arxitektura va ishlarni rejalashtirish boʻyicha rais oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi markaziy apparatining yangi tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

* Ilova berilmaydi.

3. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi — Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari N. Xanov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2008-yil 10-yanvar,

PQ-771-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.