PQ-782-son Qaror · 17.01.2008

“Quyimozor” nasos stansiyasini qayta tiklash” loyihasini OPEKning Xalqaro rivojlanish jamgʻarmasi ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-782
  • Qabul qilingan sana:17.01.2008
  • Kuchga kirgan sana:17.01.2008
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 1

Buxoro viloyatining sugʻoriladigan yerlarida qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirishni taʼminlash, shuningdek, OPEKning Xalqaro rivojlanish jamgʻarmasi bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:

1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:

2007-yil 20-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi bilan OPEKning Xalqaro rivojlanish jamgʻarmasi oʻrtasida “Quyimozor” nasos stansiyasini qayta tiklash” loyihasini moliyalashtarish uchun 5 yillik imtiyozli davrni ham hisobga olganda 20 yil muddatda toʻlash sharti bilan 12,0 mln. AQSH dollari miqdorida qarz Bitimi imzolandi;

mazkur loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining hissasi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ekvivalenti 6,48 mln. dollarni, shu jumladan, markazlashtirilgan kapital mablagʻlar tarzida 3,54 mln. dollar hamda qarzga xizmat koʻrsatish boʻyicha foizlar, vositachilik haqi sifatida 2,94 mln. dollarni tashkil etadi;

loyihani amalga oshirish davri — toʻrt yil (2008 — 2011-yillar).

2. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi mablagʻlarni maqsadli sarflash hamda loyihani samarali amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;

asosiy qarzni uzish, foizlar, vositachilik haqi va qarzga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

3. Quyidagilar:

loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan 1-ilovaga muvofiq;

loyihani amalga oshirish uchun investitsiyalar jadvali 2-ilovaga muvofiq;

OPEKning Xalqaro rivojlanish jamgʻarmasi qarzini uzish, loyiha boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlash jadvali 3-ilovaga muvofiq;

loyihani amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri hamda Buxoro viloyati hokimi zimmasiga loyihaning barcha zarur tadbirlarini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash, shuningdek, OPEKning Xalqaro rivojlanish jamgʻarmasi tartib-qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur hisobot hamda hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishi va taqdim etilishini tashkil qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan OPEKning Xalqaro rivojlanish jamgʻarmasi oʻrtasidagi Qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa taqdim etsin.

5. Loyihani amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash (R. Azimov):

loyiha yechimlarini tatbiq etishni jadallashtirish boʻyicha aniq tadbirlarni ishlab chiqqan holda, ajratiladigan mablagʻlarni samarali oʻzlashtirish ustidan qattiq nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin;

loyihaning samaradorligi va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash uchun uning qanday amalga oshirilayotganini muntazam koʻrib borsin;

mazkur loyiha doirasida nasos stansiyasi qurilishiga uskunalarni olib kelish va ishlarni bajarish tadbirlarini amalga oshirish uchun tender komissiyasi tarkibini belgilangan tartibda tasdiqlasin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda Buxoro shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan shtat jadvalini hamda moliyalashtirish smetasini kelishib olgan holda loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etib, uning zimmasiga loyihani amalga oshirish doirasida muvofiqlashtirish va boshqarish vazifalari yuklatilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2009-yildan boshlab har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda mazkur loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining hissasini moliyalashtirish uchun davlat budjeti mablagʻlar hisobidan markazlashtirilgan kapital mablagʻlar limitlarini nazarda tutsin.

8. Loyihani amalga oshirish davrida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan import texnologik uskunalar, shu jumladan ehtiyot qismlar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalarini konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga vaqtincha roʻyxatda turish va zarur hollarda uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.

11. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2008-yil 17-yanvar,

PQ-782-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 17-yanvardagi PQ-782-son qaroriga 1-ILOVA

“Quyimozor” nasos stansiyasini qayta tiklash” loyihasining

*Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari oʻtkazilgan tender (tanlov), qurilish ishlarining batafsil loyihalash natijalari boʻyicha hamda qarz mablagʻlarining haqiqiy oʻzlashtirilish summasi va sanasidan kelib chiqib belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 17-yanvardagi PQ-782-son qaroriga 2-ILOVA

“Quyimozor” nasos stansiyasini qayta tiklash” loyihasini amalga oshirish uchun yillar boʻyicha investitsiyalar

Izoh. Bundan tashqari loyihaning umumiy qiymatiga 2935,6 ming AQSH dollari miqdorida moliyaviy chiqimlar (qarzga xizmat koʻrsatish boʻyicha foizlar va vositachilik haqi) kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 17-yanvardagi PQ-782-son qaroriga 3-ILOVA

OPEK jamgʻarmasi qarzini uzish, “Quyimozor” nasos stansiyasini qayta tiklash” loyihasi boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlash

*Foizlar boʻyicha toʻlov va xizmatlar uchun komissiyalar miqdori mablagʻlarning haqiqiy summasi va oʻzlashtirish sanasidan kelib chiqib aniqlashtirilishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 17-yanvardagi PQ-782-son qaroriga4-ILOVA

“Quyimozor” nasos stansiyasini qayta tiklash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash

Izoh. Muvofiqlashtiruvchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.