Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga qoʻshimchalar kiritilsin:
1. “Xalq xoʻjaligida hisob-kitoblar oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining masʼuliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-maydagi PF-1154-son Farmonida:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-sentabrdagi PF-6313-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 06/21/6313/0871-son)
2-bandning birinchi xatboshi oxiridagi “hisoblansin” soʻzidan keyin vergul qoʻyilib, “qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.” degan soʻzlar qoʻshilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 4-iyul,
PF-3274-son