PF-3284-son Farmon · 28.07.2003

“Jismoniy shaxslarning naqd xorijiy valyutani olib kelishi va olib chiqib ketishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 20-martdagi PF-1979-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3284
  • Qabul qilingan sana:28.07.2003
  • Kuchga kirgan sana:28.07.2003
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 6-7

Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kelish va olib chiqib ketish operatsiyalarini amalga oshirish tartibini erkinlashtirish maqsadida:

1. Belgilansinki, 2003-yilning 1-avgustidan boshlab rezidentlarning respublikadan tashqariga 2 000 AQSh dollariga teng miqdorda naqd xorijiy valyutani erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.

2. “Jismoniy shaxslarning naqd xorijiy valyutani olib kelishi va olib chiqib ketishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 20-martdagi PF-1979-son Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“rezidentlarga — 2 000 AQSh dollariga teng miqdorda;”

3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birga oʻn kun muddatda vazirlik hamda idoralarning normativ hujjatlari ushbu Farmonga muvofiq holga keltirilishini taʼminlasin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. M. Mullajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. R. Parpiyev zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2003-yil 28-iyul,

PF-3284-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.