PF-1658-son Farmon · 11.12.1996

Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1658
  • Qabul qilingan sana:11.12.1996
  • Kuchga kirgan sana:11.12.1996
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 1

Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni taʼminlash, korxonalar bankrotligining oldini olishga, iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan bankrotlik va sudgacha sanatsiyalash tartib-qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish, shuningdek kreditorlar hamda aksiyadorlarning manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilish maqsadida:

(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)

(Farmonning 1-bandi hamda ilovasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 23-iyuldagi PF-2342-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 7-son, 170-modda)

2. Hukumat komissiyasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:

korxonalarning moliyaviy ahvolini mustahkamlashga va ular bankrot boʻlishining oldini olishga qaratilgan davlat siyosatini oʻtkazish;

ustav jamgʻarmasida davlat ulushi bor, va (yoki) pul majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oldida qarzdor boʻlgan iqtisodiy nochor xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha qarorlar qabul qilib, bankrotlik tartib-qoidasini joriy etish haqidagi takliflarni xoʻjalik sudiga kiritish;

(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)

bankrotlikka olib kelgan gʻayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan shaxslarning javobgarligini koʻrib chiqish va shunga oid qarorlar qabul qilish;

qarzdor korxonaga nisbatan sanatsiyani oʻtkazishning asosiy prinsiplari va tartibini, vakil qilingan organlar va tashkilotlarni uni oʻtkazishda qatnashish shartlarini tasdiqlash;

korxonalarni sanatsiyalashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

(2-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)

ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan korxonalar bankrotligi tartib-qoidalari amalga oshirilishini nazorat qilish;

(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)

ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini maʼlum muddatga toʻxtatib qoʻyish haqida qaror qabul qilish, bu qaror keyinchalik Vazirlar Mahkamasining qarori yoki farmoyishi bilan tasdiqlanishi shart.

(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi PF-3602-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2005-y., 17-18-son, 127-modda)

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi PF-3602-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2005-y., 17-18-son, 127-modda)

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi PF-3602-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2005-y., 17-18-son, 127-modda)

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi PF-3602-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2005-y., 17-18-son, 127-modda)

(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi PF-3602-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2005-y., 17-18-son, 127-modda)

(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi PF-3602-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2005-y., 17-18-son, 127-modda)

(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi PF-3602-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2005-y., 17-18-son, 127-modda)

10. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddat ichida:

korxonalarni bankrotlikka olib kelgan korxona rahbarlarining maʼmuriy-jinoiy javobgarligini oshirish toʻgʻrisidagi;

hozir amalda boʻlgan qonun hujjatlarini ushbu Farmonga muvofiq holga keltirish haqidagi takliflarni kiritsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni roʻyobga chiqarish yuzasidan qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1996-yil 11-dekabr,

PF-1658-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.