Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonun, “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi toʻgʻrisida”gi Oliy Kengashining Bayonoti munosabati bilan va respublika jamoatchiligining koʻpdan koʻpistaklarini hisobga olib:
1. Toshkent shahridagi V.I. Lenin nomli maydonni Mustaqillik maydoni deb qayta nomlash toʻgʻrisidagi xalq deputatlari Toshkent shahar Sovetining taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi mustaqillik maydonida oʻrnatilgan “Ozodlik” haykalining eng yaxshi loyihasi uchun respublika tanlovi eʼlon qilsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya Komitetlari va Toshkent shahar ijroiya komiteti ushbu Farmoniga asoslanib, bir oy muddat ichida maʼmuriy-hududiy birliklarning nomlari toʻgʻrisidagi tegishli takliflarni tayyorlasinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
Ushbu Farmon imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 5-sentabr,
PF-241-son