PF-238-son Farmon · 27.08.1991

Ijodiy uyushmalar, koʻngilli jamiyatlar va jamgʻarmalarni partiya tasarrufidan chiqarish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-238
  • Qabul qilingan sana:27.08.1991
  • Kuchga kirgan sana:27.08.1991
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 10

Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasiga va “Oʻzbekiston SSRda jamoat birlashmalari toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston SSR Qonuniga asoslanib, Oʻzbekistonda demokratik oʻzgartishlarga yangi omil bagʻishlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston SSR hududida faoliyat koʻrsatayotgan ijodiy uyushmalar, koʻngilli jamiyatlar va jamgʻarmalar, ularning boʻlimlari va korxonalari partiya tasarrufidan chiqarilsin.

2. Bundan buyon yuqorida koʻrsatilgan uyushmalar, jamiyatlar va jamgʻarmalarda siyosiy partiyalar hamda harakatlarning tashkiliy tuzilmalarini barpo etishga yoʻl qoʻyilmaydi deb belgilab qoʻyilsin.

Mazkur Farmon imzolangan paytdan kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1991-yil 27-avgust,

PF-238-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.