PF-239-son Farmon · 29.08.1991

KPSSning Oʻzbekiston SSR hududida mulki toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-239
  • Qabul qilingan sana:29.08.1991
  • Kuchga kirgan sana:29.08.1991
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 10

Respublika mehnatkashlarining koʻpdan koʻpistak va talablarini, jamiyatda sodir boʻlayotgan yanada demokratiyalash jarayonlarini eʼtiborga olib, Oʻzbekiston SSRning Davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi Deklaratsiyasiga va SSSR Prezidentining “Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining mulki toʻgʻrisida” 1991-yil 24-avgustdagi Farmoniga amal qilib:

1. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining Oʻzbekiston SSR hududidagi butun mulkini respublika mulki, yaʼni umumxalq mulki deb eʼlon qilaman.

2. Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi va joylardagi xalq deputatlari Sovetlari ushbu Farmonni roʻyobga chiqarish borasida zarur ishlarni amalga oshirib, respublika mulki deb eʼlon qilingan qonunlarga muvofiq foydalanishni taʼminlasinlar.

Mazkur Farmon imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti I.KARIMOV

Toshkent sh.,

1991-yil 29-avgust,

PF-239-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.