PF-724-son Farmon · 31.12.1993

1994-yil 1-yanvardan boshlab mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va stipendiyalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-724
  • Qabul qilingan sana:31.12.1993
  • Kuchga kirgan sana:31.12.1993
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 1

1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida 1994-yil 1-yanvardan boshlab:

ish haqining eng kam miqdori oyiga 30.000 soʻm-kupon qilib belgilansin, ish haqi shunga muvofiq ravishda oshirilsin;

fuqarolarning soliq undirilmaydigan daromadining eng kam miqdori oyiga 30.000 soʻm-kupon qilib belgilansin;

mehnat pensiyasining eng kam miqdori oyiga 32.450 soʻm-kupon qilib belgilansin, hozirgi vaqtda amaldagi barcha pensiya turlari miqdori shunga muvofiq ravishda oshirilsin.

2. Oliy oʻquv yurtlari talabalari, texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari oʻrtacha 1,2 baravar koʻpaytirilsin.

1994-yil 1-yanvardan boshlab talabalar oshxonalari va bufetlarida tushlik ovqat qiymatidan 50 foizlik chegirma oʻrniga har bir talaba (oʻquvchi)ga oyiga 10.000 soʻm-kupon miqdorida pul kompensatsiyasi belgilansin.

3. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, budjetdan pul bilan taʼminlanadigan tashkilotlar va muassasalar, Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi mazkur Farmonda belgilangan ish haqining eng kam miqdoriga asoslanib, mehnatga haq toʻlashning yagona tarif jadvali razryadlariga muvofiq ravishda xodimlarning mansab maoshlarini, shuningdek, pensiyalar miqdorini oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqishni taʼminlasinlar.

4. Budjet hisobidan pul bilan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlar xodimlari ish haqi, pensiyalar va stipendiyalar miqdorini oshirish bilan bogʻliq xarajatlar respublika davlat budjeti va ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻi hisobidan qoplansin.

5. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik hisobidagi korxonalarga va tashkilotlarga daromad manbalarini qidirib topishga qarab ish haqini mazkur Farmonga muvofiq oshirish, daromadlar vaqtincha yetarli boʻlmagan taqdirda esa, bank muassasalari tomonidan shu maqsad uchun beriladigan kredit hisobidan oshirish tavsiya etilsin.

6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1993-yil 31-dekabr,

PF-724-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.