PF-725-son Farmon · 06.01.1994

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoa xoʻjaliklarining namunaviy ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-725
  • Qabul qilingan sana:06.01.1994
  • Kuchga kirgan sana:06.01.1994
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 1

Jamoa xoʻjaliklari qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining asosiy boʻgʻinlaridan biri boʻlib, bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloqda ishlab chiqaruvchi kuchlardan unumli foydalanishni, mehnat unumdorligini yanada oʻstirishni, ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishga xizmat qilishini, jamoa xoʻjaligi aʼzolarining manfaatlarini umumxalq manfaatlari bilan uzviy bogʻlab borishni taʼminlashini koʻzda tutgan holda:

Oʻzbekiston Respublikasi Dehqonlar uyushmasi va jamoa xoʻjaliklari kengashida qabul qilingan jamoa xoʻjaliklarining Namunaviy Ustavi xoʻjalik rahbarlarini saylash hamda ularni vazifasidan ozod qilish tartiblari toʻgʻrisidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar bilan toʻlaligicha tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1994-yil 6-yanvar,

PF-725-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.