PF-580-son Farmon · 18.03.1993

1993-yilning 1-aprelidan mehnat haqi, pensiyalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-580
  • Qabul qilingan sana:18.03.1993
  • Kuchga kirgan sana:18.03.1993
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 3

Isteʼmol mollari va xizmatlarning narxlari toʻxtovsiz oʻsib borayotgan sharoitda Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida:

1. Shu yilning 1-aprelidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining hududida ish haqining eng oz miqdori oyiga 3.000 soʻm miqdorida belgilansin yoki ishlovchilarning mansab okladlari 1.2 baravar oshirilsin.

2. Fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadlarining eng past darajasi oyiga 3.000 soʻm miqdorida belgilansin.

3. Hozirgi vaqtda berilayotgan barcha turdagi pensiyalarning miqdori 30 foiz oshirilib, mehnat pensiyasining eng oz miqdori oyiga 3.250 soʻm qilib belgilansin.

4. Oliy oʻquv yurtlari talabalarining stipendiyalari, kiyim-bosh va ovqat bilan taʼminlanmaydigan texnikumlar hamda hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari 1,2 baravar koʻpaytirilsin. Talabalarning oshxonalari va bufetlarida tushlik ovqatlarning qiymatidan 50 foizli chegirmalar saqlab qolinsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi ish haqi, pensiyalar va stipendiyalarni oshirishga mazkur Farmonda koʻzda tutilgan sarf-xarajatlarni pul bilan taʼminlash manbalarini aniqlasin.

6. Budjetdan pul bilan taʼminlanadigan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari, tashkilotlari va muassasalar ushbu Farmonda belgilangan eng oz ish haqi miqdoriga asoslanib, mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq xodimlarning mansab okladlari oʻz vaqtida qaytadan hisoblab chiqilishini taʼminlasinlar.

7. Xoʻjalik hisobidagi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar ushbu maqsadlarga oʻzlarining mablagʻ manbalarini qidirib topishlariga qarab mazkur Farmonda belgilangan mehnat haqining eng oz miqdorini joriy etsinlar.

8. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki respublika korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga ish haqi oʻz vaqtida toʻlanishini taminlovchi choralar koʻrsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1993-yil 18-mart,

PF-580-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.