PF-1815-son Farmon · 08.07.1997

Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona qoʻmitasini tashkil qilish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1815
  • Qabul qilingan sana:08.07.1997
  • Kuchga kirgan sana:08.07.1997
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 7

Bojxona ishini tashkil qilishni yaxshilash, yagona bojxona siyosatini oʻtkazish, respublika bojxona organlarining tezkorligini hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashda ularning rolini kuchaytirish, shuningdek, bojxona ishi sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasining negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tashkil qilinib, u bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysundirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishlab turgan bojxona xizmatlari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmalari tuzilsin.

(2-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 06/20/6005/0728-son)

(3-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 06/20/6005/0728-son)

4. Shu narsa belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan oʻz vakolati doirasida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilingan qarorlar mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslarning ijro etishlari uchun majburiydir.

(5-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 06/20/6005/0728-son)

6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.

7. “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat soliq boshqarmasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga oʻzgartirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 18-yanvardagi Farmonining ikkinchi bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin, shuningdek, mazkur Farmonning kirish qismidagi “va bojxona” soʻzlari olib tashlansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1997-yil 8-iyul,

PF-1815-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.