PF-1819-son Farmon · 17.07.1997

Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga bank xizmatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbir toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1819
  • Qabul qilingan sana:17.07.1997
  • Kuchga kirgan sana:17.07.1997
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 7

Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, ularga bank xizmatini yaxshilash, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalar jalb etilishini ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy sarmoyalar ishtirokida barpo etilgan korxonalar oʻz xohishlariga koʻra bir yoki bir qancha bank muassasalarida soʻm va xorijiy valyutada talab qilib olinadigan depozit hisobvaraqlariga ega boʻlishga haqlidirlar.

(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 1-martdagi PF-2241-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 66-modda)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy banki bir hafta muddatda amaldagi normativ hujjatlarga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritsin.

3. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1997-yil 17-iyul,

PF-1819-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.