PF-2712-son Farmon · 06.09.2000

Terrorchi guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-2712
  • Qabul qilingan sana:06.09.2000
  • Kuchga kirgan sana:06.09.2000
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 9-10

Oʻzbekistonga qoʻshni boʻlgan davlatlar hududidagi terrorchi guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan, ogʻir jinoyatlar sodir etmagan, Vataniga, ota-onasi bagʻriga qaytib, tinch hayot kechirishni niyat qilgan shaxslarga yana bir bor imkoniyat berish, ularning behuda qurbon boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida hamda gumanistik tuygʻu va intilishlardan kelib chiqqan holda:

1. Turli xil ekstremistik oqimlar taʼsirida chet ellarga ketib, terrorchi guruhlarga qoʻshilib qolgan, qoʻli qonga botmagan, oʻz qilmishidan nadomat chekib, pushaymon boʻlib bosh egib kelgan shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod etilsin.

2. Ushbu Farmon mazkur shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi uchun huquqiy asos boʻlishi belgilab qoʻyilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari, Davlat bojxona qoʻmitasi ushbu Farmon talablaridan kelib chiqib, terrorchilik, bosqinchilik bilan bogʻliq xavf-xatarlarning oldini olish, xalqimizning tinch hayotini taʼminlash maqsadida oʻz faoliyatini yanada kuchaytirsin. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, mahalliy hokimiyatlar, mahalla faollari hushyorlik va ogohlikni oshirish boʻyicha aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borishga jiddiy eʼtibor qaratsin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi M. Rahmonqulov va Prezidentning Davlat maslahatchisi Oʻ. Komilov zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2000-yil 6-sentabr,

PF-2712-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.