Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalarining tuzilmasini yanada maqbullashtirish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish, oliy oʻquv yurtlarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash va rivojlantirish, oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilar tarkibi va talabalarini ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etishni taʼminlash, shuningdek oʻquv jarayonida ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlanmalari natijalaridan faol foydalanish maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
8. Quyidagilar begʻaraz ijara asosida:
Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Tarmoq mashinashunosligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazi Toshkent shahri, Doʻrmon yoʻli koʻchasi, 31-uyga;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 7-b-uyga joylashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Oʻmon Sultonligi Hukumati oʻrtasida imzolangan Bitimga muvofiq Oʻmon Sultonligi tomonidan begʻaraz ajratiladigan texnik koʻmak (grant) mablagʻlari hisobiga Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qoʻlyozmalari markazi fondining yangi kutubxona binosi qurilishi amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻmon Sultonligi tomonidan begʻaraz ajratiladigan texnik koʻmak (grant) mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan va olib kiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha bojxona toʻlovlaridan (jumladan, bojxona yigʻimlaridan), qoʻshilgan qiymat soligʻidan, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan, shuningdek Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 8-iyul,
PQ-2204-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PQ-2204-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qoʻlyozmalari markazining
Izoh.
Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 76 nafar, shu jumladan ilmiy xodimlar — 46 nafar.
Yordamchi xodimlar soni normativlar boʻyicha belgilanadi.
Shuʼba mudiri lavozimi boʻyicha boʻlim mudiriga tenglashtiriladi.
Ilmiy-texnikaviy loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va olimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PQ-2204-son qaroriga2-ILOVA
Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazining
Xodimlarning umumiy soni bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari hajmiga qarab 97 nafargachani, shu jumladan ilmiy xodimlar 55 nafargachani tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PQ-2204-son qaroriga3-ILOVA
Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Tarmoq mashinashunosligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazining
Xodimlarning umumiy soni bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari hajmiga qarab 48 nafargachani, shu jumladan ilmiy xodimlar 40 nafargachani tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PQ-2204-son qaroriga4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Inshootlar seysmik mustahkamligi institutining
Xodimlarning umumiy soni bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari hajmiga qarab 67 nafargachani, shu jumladan ilmiy xodimlar 41 nafargachani tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PQ-2204-son qaroriga5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalarini tugatish va qayta tuzish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni yechish boʻyicha ishchi guruh
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.