PF-5054-son Farmon · 24.05.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli Farmoniga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5054
  • Qabul qilingan sana:24.05.2017
  • Kuchga kirgan sana:26.05.2017
  • Rasmiy nashr:O‘R QТ 21

Kasanachilikni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish, ish bilan band boʻlmagan aholini ishlab chiqarishga jalb etish, sanoat korxonalari bilan kasanachilikni oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli Farmoni 3-bandidagi “2019-yilning 1-yanvarigacha” degan soʻzlar “2021-yilning 1-yanvarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

2. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 24-may,

PF-5054-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.