PQ-3282-son Qaror · 16.09.2017

“Fargʻona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3282
  • Qabul qilingan sana:16.09.2017
  • Kuchga kirgan sana:25.09.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/17/3282/0008

Fargʻona vodiysidagi sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirishni taʼminlash, suv va yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:

2017-yil 30-iyunda Jahon banki Direktorlar kengashi “Fargʻona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — XTA)ning imtiyozli resurslaridan Oʻzbekiston Respublikasiga 144,9 million AQSH dollari miqdorida besh yillik imtiyozli davrni qoʻshib hisoblaganda 25 yil muddatda qaytarish sharti bilan kredit berilishini maʼqulladi:

loyihaning umumiy qiymati 228,2 million AQSH dollarini tashkil etadi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan hissasi — 83,3 million AQSH dollari miqdorida boʻlib, shulardan 36,9 million AQSH dollari — taqdim etiladigan soliq va bojxona imtiyozlari holidadir;

loyihani qoʻshimcha moliyalashtirish uchun 16,4 million AQSH dollari miqdorida Yevropa Ittifoqining granti jalb etiladi;

loyihani amalga oshirish davri 9 yil (2017 — 2026-yillar) etib belgilangan;

(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-196-sonli qarori tahririda)

loyiha Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida amalga oshiriladi.

2. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi loyihani amalga oshirish, kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, loyihaning barcha maqsadli koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlash uchun javob beradigan ijro etuvchi hisoblanadi hamda uning zimmasiga loyihani amalga oshirishni boshqarish va muvofiqlashtirish vazifalari yuklanadi;

(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)

loyiha doirasida kreditlardan maqsadli foydalanilishi ustidan samarali monitoringni taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga loyiha uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraq ochishga ruxsat etiladi;

(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-196-sonli qarori tahririda)

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining boshqa loyihalar boʻyicha majburiyatlarini soʻndirishga loyiha uchun ochilgan hisobvaraqlardan mablagʻlarni hisobdan chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi;

(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)

XTA kreditini soʻndirish, shuningdek XTA krediti boʻyicha vositachilik haqi va boshqa chiqimlarni toʻlash bilan bogʻlik sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

3. Quyidagilar:

“Fargʻona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” loyihasining tuzatishlar kiritilgan texnik-iqtisodiy asoslanishi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan 1-ilovaga muvofiq;

(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-196-sonli qarori tahririda)

“Fargʻona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” loyihasi doirasida XTA kreditini soʻndirish, kredit boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarining hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Markaz xodimlari faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi va tashkillashtirilishini taʼminlasin, loyihani amalga oshirish davrida Andijon shahri, Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumani va Fargʻona shahrida tegishli xonalar bepul foydalanish huquqi bilan ajratib berilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmurodov, Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraxmonov, Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov va Fargʻona viloyati hokimi Sh.Gʻ. Gʻaniyev zimmasiga loyiha tadbirlarini amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoitlarni taʼminlash, shuningdek, Jahon bankining tartib-taomillariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq hisobot hamda zarur hujjatlarni tayyorlash va taqdim etishni oʻz vaqtida tashkillashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov Oʻzbekiston Respublikasi bilan XTA oʻrtasida moliyalashtirish toʻgʻrisidagi Bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolashga vakil qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan XTA oʻrtasida moliyalashtirish toʻgʻrisidagi Bitim yuzasidan belgilangan tartibda huquqiy xulosa bersin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishda 2018-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirish doirasidagi hissasini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsin.

(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-196-sonli qarori tahririda)

8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi “Qishloq xoʻjaligini modernizatsiyalashni koʻllab-quvvatlash” V komponenti qismini moliyalashtirish uchun grantlarni jalb etish masalasini ishlab chiqsin.

(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-196-sonli qarori tahririda)

9. Loyihani amalga oshirish doirasida:

XTA krediti, grantlar va Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻi, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va yigʻimlar toʻlashdan;

yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari yuridik shaxslarning foyda soligʻidan;

loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari jismoniy shaxslarning daromad soligʻidan ozod qilinsin.

Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlarni berish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan hissasi boʻladi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasini hamda loyihani amalga oshirish doirasida ado etilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan tegishli darajadagi davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.

(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-196-sonli qarori tahririda)

11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmagan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)

12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtincha yashaydigan joyda vaqtinchalik roʻyxatga olish va uning muddatini uzaytirishni davlat boji undirmasdan taʼminlasin.

(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)

13. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida mavjud boʻlmaganlarni) Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.

(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-196-sonli qarori tahririda)

13-1. Xalqaro konsultant kompaniyasi bilan imzolangan shartnomaga qoʻshimcha kelishuvlarni imzolash orqali “Milliy irrigatsiya tizimlarini yaxshilash va energiya samaradorligini oshirish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga hamda loyihaning uzaytirilgan muddati davomida xizmat koʻrsatishga ruxsat berilsin.

(13-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-196-sonli qaroriga asosan kiritilgan)

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.

(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 16-sentabr,

PQ-3282-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3282-son qaroriga 1-ILOVA

“Fargʻona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari

T/r Koʻrsatkichlarning nomlanishi Oʻlchov birligi Jami* Shu jumladan: XTA krediti Oʻzbekiston Respublikasi 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSH dollari ekvivalentida 228 214,78 144 900,00 83 314,78 2. Kapital qoʻyilmalar summasi, jami ming AQSH dollari ekvivalentida 191 249,33 144 900,00 46 349,33 shu jumladan: 2.1. mashina va uskunalar ming AQSH dollari 26 005,18 26 005,18 2.2. qurilish-montaj ishlari, jami ming AQSH dollari ekvivalentida 123 400,63 97 095,13 26 305,50 shu jumladan: EMVda ming AQSH dollari 97 095,13 97 095,13 milliy valyutada ming AQSH dollari ekvivalentida 26 305,50 26 305,50 2.3. loyihani boshqarish ming AQSH dollari 3 491,62 3 491,62 2.4. Konsultantlar xizmatlari (tender hujjatlarini tayyorlash va ishlab chiqish hamda texnik nazorat, monitoring va baholash, yakka tartibdagi konsultantlar, texnik audit, atrof muhitni boshqarish rejasini yaratish) ming AQSH dollari 7 230,51 7 230,51 2.5. koʻzda tutilmagan jismoniy va narx xarajatlari ming AQSH dollari 8 385,31 8 385,31 2.6. boshqa xarajatlar, jami ming AQSH dollari ekvivalentida 4 492,25 2 692,25 1 800,00 shu jumladan: EMVda ming AQSH dollari ekvivalentida 2 692.25 2 692,25 milliy valyutada ming AQSH ?ollari ekvivalentida 1 800,00 1 800,00 2.7. Investitsiya davridagi moliyaviy sarf-xarajatlar ming AQSH dollari ekvivalentida 18 243,83 18 243,83 3. Soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etish ming AQSH dollari ekvivalentida 36 965,45 36 965,45 4. Loyiha bilan qamrab olingan maydon ga 81 957 5. Loyihaning qoplanish muddati hisob-kitoblari yil 11 6. Investitsiya davrining muddati oy 84 7. Tashkil etilayotgan asosiy fondlarning qiymati ming AQSH dollari 173 006 8. Kreditni soʻndirish muddati yil 25 shu jumladan imtiyozli davr yil 5

* Yakuniy narx koʻrsatkichlari oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalariga koʻra belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3282-son qaroriga 2-ILOVA

“Fargʻona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” loyihasi doirasida XTA kreditini soʻndirish, kredit boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali

Kredit summasi 144 900,0 ming AQSH dollari Soʻndirish muddati 25 yil Imtiyozli davr 5 yil Xizmat koʻrsatish uchun vositachilik haqi 1,47 foiz Majburiyatlar boʻyicha vositachilik haqi 0,50 foiz Foiz stavkasi 1,38 foiz ming AQSH dollari Toʻlov sanasi Asosiy qarz boʻyicha toʻlov summasi Vositachilik boʻyicha toʻlov summasi Kredit boʻyicha foizlarni toʻlash summasi Toʻlanishi kerak boʻlgan umumiy summa 2018-yil 15-may 362,25 362,35 2018-yil 15-noyabr 353,95 47,33 401,28 2019-yil 15-may 345,64 94,66 440,30 2019-yil 15-noyabr 276,40 489,33 765,73 2020-yil 15-may 276,40 884,00 1 160,40 2020-yil 15-noyabr 165,29 1 122,65 1 287,94 2021-yil 15-may 123,43 1 361.30 1 484,73 2021-yil 15-noyabr 98,76 1 501,91 1 600,67 2022-yil 15-may 74,09 1 642,53 1 716,62 2022-yil 15-noyabr 2 390,85 49.86 1 918,71 4 359,42 2023-yil 15-may 2 390,85 25,63 1 947,55 4 364,03 2023-yil 15-noyabr 2 390,85 14,60 1 976.39 4 381.84 2024-yil 15-may 2 390,85 3,56 1 962.62 4 357,03 2024-yil 15-noyabr 2 390,85 1 928,55 4 319.40 2025-yil 15-may 2 390,85 1 894,48 4 285,33 2025-yil 15-noyabr 2 390,85 1 860,41 4 251,26 2026-yil 15-may 2 390,85 1 826.34 4217,19 2026-yil 15-noyabr 2 390,85 1 792,27 4 183,12 2027-yil 15-may 2 390,85 1 758,20 4 149,05 2027-yil 15-noyabr 2 390,85 1 724,13 4 114,98 2028-yil 15-may 2 390,85 1 690,06 4 080,91 2028-yil 15-noyabr 2 390,85 1 655,99 4 046,84 2029-yil 15-may 2 390,85 1 621,92 4 012,77 2029-yil 15-noyabr 2 390,85 1 587,85 3 978.70 2030-yil 15-may 2 390,85 1 553.78 3 944,63 2030-yil 15-noyabr 2 390.85 1 519,71 3 910,56 2031-yil 15-may 2 390,85 1 485.64 3 876,49 2031-yil 15-noyabr 2 390,85 1 451,57 3 842.42 2032-yil 15-may 2 390,85 1 417,50 3 808,35 2032-yil 15-noyabr 4 854,15 1 383,43 6 237,58 2033-yil 15-may 4 854,15 1 314.26 6 168,41 2033-yil 15-noyabr 4 854.15 1 245.09 6 099,24 2034-yil 15-may 4 854,15 1 175,92 6 030,07 2034-yil 15-noyabr 4 854,15 1 106,75 5 960,90 2035-yil 15-may 4 854.15 1 037,57 5 891,72 2035-yil 15-noyabr 4 854,15 968,40 5 822,55 2036-yil 15-may 4 854,15 899,23 5 753,38 2036-yil 15-noyabr 4 854,15 830,06 5 684,21 2037-yil 15-may 4 854,15 760,89 5 615.04 2037-yil 15-noyabr 4 854,15 691,72 5 545,87 2038-yil 15-may 4 854,15 622,54 5 476,69 2038-yil 15-noyabr 4 854,15 553,37 5 407,52 2039-yil 15-may 4 854,15 484,20 5 338,35 2039-yil 15-noyabr 4 854.15 415.03 5 269,18 2040-yil 15-may 4 854,15 345,86 5 200,01 2040-yil 15-noyabr 4 854,15 276,69 5 130.84 2041-yil 15-may 4 854,15 207,51 5 061,66 2041-yil 15-noyabr 4 854.15 138,34 4 992,49 2042-yil 15-may 4 854,15 69,17 4 923,32 Jami: 144 900,00 2 169,86 56 243,41 203 313,27

* Toʻlov summalari kredit mablagʻlarining amaldagi oʻzlashtirilishiga qarab aniqlanib boriladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.