Oʻzbekiston Respublikasi florasida tabiiy xolda oʻsuvchi dorivor oʻsimliklar zaxiralaridan barqaror foydalanish, jumladan, ayrim dorivor oʻsimliklarning plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish va eksport qilish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va “Oʻzbekozikovkatxolding” xolding kompaniyasining respublika hududida kavrak (Ferula foetida, Ferula tadshikorum) plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish xamda eksport qilish maqsadida Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini (keyingi oʻrinlarda uyushma deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining “Shifobaxsh” dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi, “Oʻzbekoziqovkatxolding” xolding kompaniyasi tarkibidagi “Qarshi eksport-import biznes” MCHJ va “Surxondaryo agrofirmasi” MCHJ masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi korxonalar hamda kavrak yetishtirish va uni eksport qilish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Uyushma muassislari hisoblanadi;
tashkilotlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar shartnoma asosida Uyushmaga mustaqil aʼzo boʻlishlari mumkin va uning tarkibidan chiqish huquqiga egadirlar.
3. Quyidagilar Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasining qoʻshimcha vazifalari etib belgilansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son)
respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlariga mos kelishini inobatga olgan holda, kavrakni plantatsiyalarda yetishtirishni tashkil etish va tayyor mahsulotni yetkazib berish boʻyicha takliflar tayyorlash;
respublika hududlarida kavrakni sanoat usulida yetishtirish hajmini koʻpaytirish choralarini koʻrish, mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlarini olib borish, eksport hajmini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
kavrak urugʻini tayyorlash va plantatsiya tashkil etuvchi tashkilotlarga yetkazib berish;
kavrak plantatsiyasini tashkil etuvchilarga plantatsiya tashkil etish va xom ashyo yetishtirish yuzasidan metodik yordam koʻrsatish va tavsiyalar ishlab chiqish;
ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalarni kavrak yetishtirish jarayoniga joriy qilish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
kavrak yetishtirishga jalb etiladigan mutaxassislarni plantatsiyalarda agrotexnik tadbirlarni toʻgʻri amalga oshirish boʻyicha oʻqitish uchun maxsus tayyorlov kurslarini tashkil etish;
uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlar uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish, xorijiy investitsiyalar, jumladan, xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini jalb qilish yoʻli bilan har tomonlama koʻmaklashish.
4. Quyidagilar:
Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 15 nafardan iborat boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Uyushma raisiga, zarurat boʻlganda, ijro etuvchi apparatining tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
Uyushmaning ijro etuvchi apparatining joriy taʼminoti xamda faoliyatini moliyalashtirish ularning tarkibiga kiruvchi kavrak yetishtiruvchi tashkilotlarining ajratmalari, kavrak plantatsiyalari tashkil etish va uning xom ashyosini eksporti bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aʼzolik badallari, xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda mahalliy va xorijiy investitsiya mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
5. Belgilab qoʻyilsinki, Uyushma raisi va uning oʻrinbosari Uyush.ma aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarori bilan saylanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi.
6. Uyushma faoliyatini tashkil etish bilan bogʻlik chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha 3-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tuzilsin.
Ishchi guruh (N.J. Bakirov);
bir oy muddatda Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishi oʻtkazilishini, Uyushma ustavi tasdiqlanishini va oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Uyushma ijro etuvchi apparati tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar jadvaliga muvofiq puxta tanlash asosida yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini;
hududlarda fermer xoʻjaliklari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va xom ashyosini yetishtirishga amaliy yordam berishni taʼminlasin.
7. 2018 — 2021-yillarda kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va uning xom ashyosidan tayyor eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish parametrlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Ishchi guruh (N.J. Bakirov) ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2019-yildan respublikaning tabiiy iqlim sharoitiga toʻgʻri keladigan hududlarida kavrak plantatsiyalari tashkil etish va yetishtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-sentabrdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmogʻini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2410-son qarori bilan ajratilgan qoʻshimcha kredit hisobidan kavrak plantatsiyalari tashkil etish, yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish loyihalarini moliyalashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi “Oʻzagroeksport” AJ, Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda zamonaviy logistika tizimini keng joriy etgan holda kavrak xom ashyosini eksportga chiqarishga koʻmaklashsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
kavrak oʻsadigan va uning tabiiy zaxiralari mavjud boʻlgan hududlarni xatlovdan oʻtkazib, maʼlumotlar bazasini shakllantirsin;
xatlov natijasida aniqlangan zaxira yer maydonlari doimiy foydalanish uchun uyushma aʼzolariga ajratib berilishini taʼminlasin.
12. Uyushma Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi, “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va yetishtirish uchun talab etiladigan maxsus texnika va mini texnologiyalar turlari xamda miqdorini aniqlash, talab etiladigan maxsus texnika va mini texnologiyalar sotib olish va ularni lizing asosida yetkazib berilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda kavrak va boshqa dorivor oʻsimliklarni qayta ishlashga moʻljallangan maxsus farmatsevtika korxonalarini tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi bilan birgalikda doimiy ravishda kavrak xom ashyosi asosida dori vositalarini ishlab chiqarish, tabiiy zaxiralarining holatini monitoring qilish, oʻsimlikning biologik va ekologik xususiyatlarini oʻrganish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish vazifasi yuklatilsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son)
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti, “Shifobaxsh” dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda:
bir oy muddatda hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, kavrak plantatsiyasini tashkil egish va yetishtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilishini;
2018-yilning 1-apreliga kadar fermer, dehqon xoʻjaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalari ishtirokida kavrak plantatsiyasini tashkil etish va yetishtirish yuzasidan oʻquv seminarlari oʻtkazilishini;
kavrak xom ashyosini qayta ishlash orqali tibbiyot va qishloq xoʻjaligi uchun kerakli dori vositalarini yaratish texnologiyalarini ishlab chiqilishini taʼminlasin.
16. Toshkent davlat agrar universiteti “Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalari” oʻquv yoʻnalishida mutaxassislar tayyorlashda kavrak yetishtirish texnologiyasini chuqurlashtirilgan holda oʻqitishga eʼtibor qaratsin.
17. Surxondaryo viloyati hokimligi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Uyushmani tekin foydalanish huquqi asosida Termiz shahri Istiqlol koʻchasi, 64-uyda joylashgan Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasining maʼmuriy binosiga joylashtirilishini taʼminlasin.
18. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasining talabnomasiga asosan kavrak plantatsiyasini tashkil etish maqsadida ekish materiallari (urugʻlari)ni yigʻish (gʻamlash)ga belgilangan tartibda ruxsatnoma berishni taʼminlasin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.Q. Sharipov zimmasiga yuklansin.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-mart,
PQ-3617-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PQ-3617 qaroriga 1-ILOVA
Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PQ-3617 qaroriga 2-ILOVA
Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi ijro etuvchi apparati
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 15 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PQ-3617 qaroriga 3-ILOVA
Uyushma faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruhi
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtganda guruh tarkibiga ushbu lavozimga ishidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PQ-3617 qaroriga 4-ILOVA
2018 — 2021-yillarda kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va uning xom ashyosidan tayyor eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish
T/r Hududlar nomi 2018 — 2021-yillarda ekiladigan maydon, gektar yillar: 2023 — 2026-yillarda olinadigan hosil, tonna yillar: 2018 2019 2020 2021 2023 2024 2025 2026 1. Surxondaryo viloyati 8000 1000 1500 2500 3000 2184 120 300 600 1164 2. Qashqadaryo viloyati 1000 150 250 300 300 252 18 48 84 102 3. Navoiy viloyati 500 50 100 150 200 114 6 18 36 54 Jami 9500 1200 1850 2950 3500 2550 144 356 720 1320