Bugungi kunda mamlakatimiz pillachilik tarmogʻi korxonalarida modernizatsiya tadbirlarining amalga oshirilishi, ishlab chiqarish quvvatlarining texnik-texnologik jihatdan zamonaviy texnologiyalar bilan yangilanishi, shuningdek, sohada yangi investitsiya dasturlarining xayotga tadbir etilishi natijasida pillani qayta ishlashga va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishda ipak xom ashyosiga boʻlgan talabning ortib borayotgani kuzatilmoqda.
Bu, oʻz navbatida, pillachilik tarmogʻiga innovatsion texnika va texnologiyalarni joriy etish, ushbu tarmoqni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, yangi tut plantatsiyalarini barpo etish, ipak qurti boqishga moʻljallangan inshoatlarni qurish va mavjud inshoatlarning faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqishni taqozo etadi.
Istiqbolda pillachilik tarmogʻini innovatsion texnologiyalar asosida jadal rivojlantirishga eʼtibor qaratish, klaster usulidagi tashkiliy-texnologik tizimni yaratish va mahsulot ishlab chiqarish jarayonlariga ilgʻor usullarni joriy etish orqali tarmoqning jozibadorligini yanada oshirish, pillachilik tarmogʻida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tizimidagi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutini “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi muassisligida muassasa shaklidagi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti etib qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining asosiy vazifalari etib belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin:
pillachilik tarmogʻida ilmiy-tadqiqot ishlarining strategik ioʻnalishlari va istiqbolli mavzularini belgilash, sohani jadal rivojlantirish va yuzaga keladigan dolzarb muammolar boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borishni tashkil etish boʻyicha uslubiy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish:
seleksiya yutuqlarini keng sinovdan oʻtkazish, tut ipak qurtining zoti va duragaylari, tut duragaylarining birlamchi urugʻligini rivojlantirish, hududlarning tabiiy iqlim sharoitlarini hisobga olgan xolda, ilgʻor ilmiy ishlanmalar va intensiv agrotexnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish;
pillachilik tarmogʻidagi ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion texnika va texnologiyalarni joriy etish, pillaga dastlabki ishlov berish va ularni saqlash usullarini takomillashtirish, tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish;
pillachilik yoʻnalishidagi fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar boʻyicha dasturlar ishlab chiqish;
pillachilik tarmogʻi uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etish, sohaga oid seminar va treninglar oʻtkazish;
pillachilik tarmogʻida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish boʻyicha xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PQ-4817-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 07/20/4817/1254-son)
4. Quyidagilar Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
xoʻjalik yuritish va xizmat koʻrsatishdan tushadigan tushumlar:
xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
2018-yildan boshlab, Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti bino va inshoatlarini saqlash, shuningdek, uning ayrim toifadagi xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirish asosida amalga oshiriladi;
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining barcha xuquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
6. Quyidagilar:
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining pillachilik yoʻnalishidagi fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar boʻyicha dasturlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi muassislari umumiy yigʻilishining qarori bilan tasdiqlanishi;
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining direktori — “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan xolda lavozimga tayinlanishi va lavozimdan ozod etilishi;
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi huzurida tashkil etiladigan va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishi inobatga olinsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining Ustavini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi xamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2018-yilda yangi tut plantatsiyalarini barpo etish va ipak qurti boqishga moʻljallangan inshoatlarni qurishning prognoz parametrlari (keyingi oʻrinlarda prognoz parametrlar deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga tasdiqlangan prognoz parametrlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
9. Qorakalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda tasdiqlangan prognoz parametrlar ijrosini soʻzsiz taʼminlashni nazarda tutuvchi 2018-yilda tut plantatsiyalarini barpo etish va ipak qurti boqishga moʻljallangan inshootlarni qurish chora-tadbirlari dasturini bir oy muddatda ishlab chiqib tasdiqlasin.
10. Qorakalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir yilda 2-3-marta ipak qurti boqishni tizimli yoʻlga qoʻyish uchun yangi tut plantatsiyalarini barpo etish va ipak qurti boqishga moʻljallangan inshoatlarni qurish parametrlarining kelgusi yillarda bosqichma-bosqich oshirib borilishini taʼminlasin.
11. “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining “Oʻzpaxtasanoat” AJ tarkibidagi tashkilotlarga qarashli:
ipak qurti boqishga moʻljallangan inshoatlarni “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi tashkilotlarga tekin foydalanish huquqi asosida oʻttiz yildan kam boʻlmagan muddatga foydalanish uchun berish;
mavjud tutzor maydonlarini keyinchalik “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi hududiy “Agropilla” MCHJga berish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining zaxira yerlariga topshirish toʻgʻrisidagi taklifi maqullansin.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari “Oʻzpaxtasanoat” AJ tarkibidagi tashkilotlar tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining zaxira yerlariga berilgan tutzor maydonlarini “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi hududiy “Agropilla” MCHJlarga bir oy muddatda belgilangan tartibda rasmiylashtirib berilishini taʼminlasin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xamda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining ushbu qarorning 3-ilovasidagi roʻyxatga muvofiq ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan pillachilik tarmogʻi xoʻjalik jamiyatlarining davlat ulushlarini “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga samarali foydalanishni tashkil etish uchun ishonchli boshqaruvga berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda ushbu qarorning 3-ilovasidagi ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan pillachilik tarmogʻi xoʻjalik jamiyatlarining davlat ulushlarini belgilangan tartibda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga ishonchli boshqaruvga berilishini taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-mart,
PQ-3616-son
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PQ-4817-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 07/20/4817/1254-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PQ-3616-son qaroriga 2-ILOVA
2018-yilda yangi tut plantatsiyalarini barpo etish va ipak qurti boqishga moʻljallangan inshootlarni qurishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PQ-3616-son qaroriga 3-ILOVA
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga ishonchli boshqaruvga berilayotgan ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari
Izoh. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish uchun bir oy muddatda mazkur xoʻjalik jamiyatlarini rivojlantirish boʻyicha biznes-reja taqdim etadi.