PQ-3988-son Qaror · 29.10.2018

Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi tashkiliy-shtat tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3988
  • Qabul qilingan sana:29.10.2018
  • Kuchga kirgan sana:29.10.2018
  • Holati:Amalda

Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, harbiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarda erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirish, hududlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashish, Rossiya Federatsiyasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga samarali konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish maqsadida:

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PQ-4985-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xorijiy muassasaning tashkiliy-shtat tuzilmasi yangilanishini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasining 2018-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga oʻzgartirishlar kiritsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi xarajatlarini shtat jadvalidagi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda 2018-yilga moʻljallangan budjetda xorijdagi muassasalarni moliyalashtirish boʻyicha tasdiqlangan miqdorlar doirasida moliyalashtirsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasining 2019-yilga moʻljallangan xarajatlar smetasini Elchixona tuzilmasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarni inobatga olgan holda tasdiqlasin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari shtatlar jadvallariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2007-yil 29-dekabrdagi PQ-765-son qarorining 4-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 29-oktabr,

PQ-3988-son

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PQ-4985-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.