Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5527-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari xavfini kamaytirish boʻyicha Hukumat komissiyasining faoliyatini yanada takomillashtirish va optimallashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi “Toshqinlar, sel oqimlari, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-585-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-may,
PQ-4305-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-maydagi PQ-4305-son qarorigaILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi “Toshqinlar, sel oqimlari, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-585-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-ilovaning rus tilidagi matnida:
a) 5-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “vremennoy evakuatsii” soʻzlari “vremennomu otseleniyu” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 14-bandning birinchi xatboshidagi “Gosvodxoznadzor pri Ministerstve po chrezvichaynim situatsiyam Respubliki Uzbekistan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 15-bandning beshinchi xatboshidagi “UzASI” qisqartma soʻzi “Ministerstvom po razvitiyu informatsionnix texnologiy i kommunikatsiy Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 16-banddagi “Slujba gosudarstvennoy bezopasnosti” soʻzlari “Ministerstvo oboroni i Natsionalnaya gvardiya Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 20-banddagi “GAK “Uzavtoyul” soʻzlari “Komitet po avtomobilnim dorogam pri Ministerstve transporta Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 2-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Pravitelstvennoy komissii po obespecheniyu bezopasnogo propuska pavodkovix vod i selevix potokov, snijeniya ugroz snegolavinnix i opolznevix yavleniy
Primechaniye. Pri perexode chlenov komissii na druguyu rabotu v eye sostav vklyuchayutsya litsa, vnov naznachennie na eti doljnosti libo na kotorix vozlojeno vipolneniye sootvetstvuyuщix funksiy”.