PQ-3518-son Qaror · 08.02.2018

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3518
  • Qabul qilingan sana:08.02.2018
  • Kuchga kirgan sana:08.02.2018
  • Holati:Amalda

1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017-yil 16-sentabr kuni Toshkent shahrida imzolangan energetika sohasidagi baʼzi masalalarda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Hadli bitim tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilgani va uni amalga oshirish yuzasidan vakolatli masʼul organ toʻgʻrisidagi tegishli bildirishnomani yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 8-fevral,

PQ-3518-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.