“Oʻzbekiston Respublikasining Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:
1. “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmonida:
a) 3-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshi, 4, 5-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 10-bandida:
uchinchi xatboshidagi “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining tegishli hududiy boʻlimlariga” soʻzlari “Savdo-sanoat palatasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini” soʻzlari “Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni ilovasining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 9-fevral,
PF-3570-son