Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatini samarali tashkil etish, uning zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar va funksiyalar soʻzsiz amalga oshirilishini taʼminlash, respublikaning markaziy iqtisodiy organlari bilan bahamjihat harakat darajasini oshirish maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-apreldagi PF-3592-son farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 101-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-iyundagi PF-3093-sonli Farmoni 3-bandining ikkinchi xatboshi va mazkur Farmonning 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari V.A.Golishev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-yanvar
PF-3536-son