Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi 8-qismiga muvofiq yangi saylangan Oliy Majlis oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganligi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28-yanvardagi qarori bilan Sh.M.Mirziyoyev Bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 98-moddasining 2-qismiga muvofiq quyidagilar Vazirlar Mahkamasining aʼzolari etib tasdiqlansin:
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich — Bosh vazir, agrosanoat kompleksi rahbari Azimov Rustam Sodiqovich — Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — iqtisodiyot vaziri, iqtisodiyot kompleksi hamda isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi rahbari Toʻxtayev Abduqahhor Hasanovich — Bosh vazir oʻrinbosari, kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari Sultonov Oʻtkir Toʻxtamurodovich — Bosh vazir oʻrinbosari, yoqilgʻi-energetika, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari kompleksi rahbari Aripov Abdulla Nigmatovich — Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori, axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari kompleksi rahbari Qosimov Rustam Sobirovich — Bosh vazir oʻrinbosari — oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari Gʻaniyev Elyor Majidovich — Bosh vazir oʻrinbosari — tashqi ishlar vaziri, tashqi aloqalar masalalari kompleksi rahbari Inomova Svetlana Tursunovna — Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Vazirliklar Abidov Oqiljon — mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Azizxoʻjayev Alisher Abbosovich — madaniyat va sport ishlari vaziri Almatov Zokirjon — ichki ishlar vaziri Gʻulomov Qodir Gʻafurovich — mudofaa vaziri Joʻrayev Turobjon Ikromovich — xalq taʼlimi vaziri Ismoilov Sayfiddin Umarovich — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Mustafoyev Boʻritosh — adliya vaziri Nazirov Feruz Gʻafurovich — sogʻliqni saqlash vaziri Rahimov Saidahmad Boriyevich — moliya vaziri Subanov Baxtiyor Jumaboyevich — favqulodda vaziyatlar vaziri Davlat qoʻmitalari Asqarov Mahmudjon Axmatovich — Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi Ahmedov Nurmuhammad — Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi Qudratov Gʻofurjon Sobirovich — Davlat statistika qoʻmitasi raisi Matlyubov Bahodir Ahmedovich — Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Parpiyev Botir Rahmatovich — Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sayfiddinov Jamshid Badriddinovich — Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Toʻxtayev Azamat Ramzitdinovich — Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi Abduazizov Abduvali — Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-fevral,
PF–3568-son